
Brend Aydentikasi
NextGen Academy aydentikasi uni sanoatning yetakchi, ilg'or fikrlaydigan IT akademiya sifatida o’z o’rnini egallashga mo'ljallangan bo'lib, u o’z talabalariga IT sohasining keyingi avlod mutaxassislari bo’lish imkoniyatini beradi. NextGen Academy o’zining vizual elementlari, xabar almashish, qadriyatlar va talabalarga yo’naltirilgan yondashuv orqali O’zbekistonda va undan tashqarida IT mutaxassislarni ilhomlantirish, o’qitish va hayotini o’zgartirishga qaratilgan.

NextGen Aсademy’ning brend aydentikasi so’nggi texnologiyalar, sanoat tendentsiyalari va rivojlanayotgan IT domenlarini o'z ichiga olgan zamonaviy o'quv dasturlarini taqdim etishni o’z oldiga maqsad qilib qo’ygan. Akademiya talabalarni dasturlash tillari, bulutli hisoblash, kiberxavfsizlik, ma'lumotlar tahlili, sun’iy intellekt va boshqa tegishli sohalarni o’z ichiga olgan turli ko’nikmalar to’plami bilan ta’minlashga qaratilgan.
NextGen Academy’da biz umrbod ta’lim va uzluksiz kasbiy rivojlanishga ishonamiz. Akademiya talabalarni doimiy ravishda qiziquvchan, izlanuvshan va zamon bilan hamnafas bo’lishga undaydi. Talabalarning bizning akademiyadagi IT sohasidagi sayohati davomida kasbiy rivojlanishni qo’llab-quvvatlash maqsadida seminarlar tashkil etishni va netvorking imkoniyatlarini taklif etadi.